Agar Alloh izni bilan halol rizq va to‘g‘ri yo‘l bilan yursak,
har birimiz o‘z doiramizda adolatli bo‘lsak,
ishlarimizda ixlosli, so‘zlarimizda taqvoli bo‘lsak,
unda Alloh O‘z rahmati bilan bizga madadkor bo‘ladi. Ustimizdan ham, oyoq ostimizdan ham mo‘l rizq beriladi. Hech kimga va hech narsaga muhtoj bo‘lmaymiz.
Lekin biz din haqida gapiramiz-u, uni bilmaymiz. Go‘zal axloqqa chaqiramiz-u, o‘zimiz u bilan bezanmaymiz. Bizning dunyomiz mana shunday. U amallarimizning oynasiga aylangan. Va bunda hech qanday ajablanarli narsa yo‘q.

