📌 Kitob nomi: Ularga qo'rquv yo'q
📌 Muallif: Abdulloh Islom
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Chop etilgan yili: 2026
📌 Sahifalar soni: 224
📌 Qisqacha mazmun:
Hayotda qo‘rquv va ikkilanishlardan xalos bo‘lishni istaysizmi? Bu kitob sizga ruhiy kuch, sabr va ishonch bag‘ishlaydi. Har bir sahifasi qalbingizga taskin beradi va to‘g‘ri yo‘lni topishga yordam beradi.
Agar Alloh sari rost ulov bilan yo‘lga chiqsak, hammamiz o‘z doiramizda adolat qilsak, ishlarimizda ixlosli bo‘lsak va so‘zlarimizda taqvoni tutsak Alloh O‘z rahmati bilan bizga bosh bo‘ladi. Ustimizdan ham, oyoq ostimizdan ham serob rizq yeymiz. Birovga yo biror narsaga muhtoj bo‘lmaymiz.
Lekin biz din haqida so‘zlaymizu, uni bilmaymiz. Go‘zal axloqqa chaqiramizu, u bilan ziynatlanmaymiz. Bizning dunyomiz mana shu. U ishlarimiz oynasiga aylandi. Hech bir taajjubsiz.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

