Vaqt — mo‘min kishiga berilgan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Uni qadrlash, to‘g‘ri taqsimlash va behuda sarflamaslik — har bir insonning hayotiy dasturi bo‘lishi kerak. “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobi aynan mana shu buyuk haqiqatni eslatadi.
Ushbu asarda ulamolar vaqtni boshqarish, uni unumli o‘tkazish, foydasiz mashg‘ulotlardan uzoq bo‘lish va solih amallar bilan band bo‘lish haqidagi fikr-mulohazalarini bayon etadi. Kitobda o‘git, nasihat, ibratli hikoyalar va hayotiy misollar jamlanib, o‘quvchini vaqtni qadrlashga, uni Alloh rozi bo‘ladigan ishlarga sarflashga undaydi.
Kitob vaqtni boshqarish ko‘nikmasini mustahkamlashni istagan o‘quvchilar — talaba, ilm ahllari, tadbirkorlar va kundalik hayotini tartibga solmoqchi bo‘lgan har bir mo‘min uchun juda foydalidir.
📘 Sahifalar soni: 208 bet
📏 Bichimi: 13×20 sm
📕 Muqovasi: Qattiq
🇺🇿 Alifbosi: Kirill
📱 Kitobning elektron, audio va qog‘oz shakllari Munir Market ilovasida mavjud.

