• Sahifalar soni: 110
• Muqovasi: Qattiq
• O'lchami: 135х205 мм
• Muallif: Абдулфаттох Абу Гудда
ULAMOLAR
nazdida muvaffaqiyat
SABABLARI
Muallif ushbu kitobida bugungi islom olamidagi eng dolzarb
savol - salaflarimiz qanday qilib bunchalar yuksak marralarga
erishganlar, ularning muvaffaqiyatlarining sabablari nima-
lardan iborat, degan savolga javob izlagan. Kitobda salaflar-
ning pok aqida va har qanday kirliklardan toza solih amallarni
hayotga eng go‘zal suratda tatbiq qilganlari, bunga turtki
bo‘lgan omillar va u zotlarning bu yo‘ldagi jiddu jahdlari,
shuningdek, musulmonlarning bugungi holatlariga turtki bo‘lgan
sabablar haqida so‘z yuritiladi. Mavzularni bayon qilishda
Kurʼon oyatlari, Rasulullox sollallohu alayhi vasallamning
sunnati saniyalari hamda salaf olimlarimizning siyratga oid
asarlaridan keng va unumli foydalanilgan. O‘ylaymizki, ushbu
kitob qalb tarbiyasi va salafi solihlarning xulqlariga inti-
lish yo‘lida aziz o‘quvchilarimizga nurli chiroq bo‘lib xizmat
kiladi.

