"Qorong‘u yulduzlar" trilogiyasi - qahramonlar o‘tmishga emas, balki kelajakka sayohat qiladigan vaqtlararo sayohat haqidagi o‘ziga xos va kutilmagan hikoyadir.
* Huquqlar 6 ta davlatga sotilgan.
* Dunyo bo‘ylab 13 dan ortiq nashrlar.
* Eng mayda tafsilotlarigacha o‘ylangan dunyo.
Bolonyadagi kitob yarmarkasining asosiy yangiliklaridan biri.
* Daniella Rollins — The New York Times bestsellerlari muallifi.
1913-yil. O‘n olti yoshli Doroti badavlat notanish yigitga turmushga beriladi. Ammo qiz onasining ra’yiga qarshi borib, to‘ydan qochib ketadi. U tasodifan kelajakdan kelgan Eshni uchratadi. Hech narsadan bexabar Doroti avvalgi hayotidan uzoqroq bo‘lish uchun yashirincha uning samolyotiga chiqadi. Shunday qilib, u kutilmaganda Eshning dunyosiga tushib qoladi.
2077-yil. Shaharlar vayron bo‘lgan, suv bosgan, dunyo halokat yoqasida. Faqat Esh va bir nechta jasur odamlargina vaziyatni o‘nglash umidini yo‘qotmayapti. Ular voqealar rivojini o‘zgartirish uchun qayta-qayta o‘tmishga yo‘l olishadi.
Doroti yangi do‘stlariga yordam berishga qaror qiladi. Ammo bu sayohatda uning qanday roli bor?

