Ug‘ur Qo‘shar o‘zining betakror uslubi, insonlarning ma’naviy va ruhiy muammolarini hal etishga yangicha yondashuvi bilan boshqalardan ajralib turadi. Uning kitoblari oson o‘qiladi va tushunish uchun oddiy, ammo o‘quvchiga katta foyda keltiradi va unga ko‘p narsalarni ma’lum qiladi.
Qo‘lingizdagi "Hamma narsadan xavotir olma, yuragim" kitobi ham ijodkorning ana shunday yuksak darajadagi ijodi namunalaridan biridir. Unda inson qalbi va qalbini tarbiyalash, bezovtalik va tashvishlardan xalos bo‘lish haqida so‘z boradi. Eng muhimi, muallif o‘z fikrlarini aniq faktlar va qat’iy ma’naviy qarashlar asosiga quradi. Nashriyotimiz e’tiboringizga havola etayotgan ushbu kitob sizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

