Ug‘ur Koshar o‘ziga xos uslubi, odamlarning ruhiy-ma’naviy muammolariga yangicha yondashuvi bilan boshqalardan ajralib turadi. Uning kitoblari o‘qish oson, tushunarli, lekin kitobxonga katta foyda keltiradi va ko‘p narsani aytib beradi.
Qo'lingizdagi "Hamma narsadan tashvishlanma, jon" kitobi muallifning yuksak ijodkorligi namunalaridan biridir. Unda inson qalbi va qalbini tarbiyalash, qiyinchiliklar va vasvasalardan xalos bo'lish haqida so'z boradi. Eng muhimi, muallif o‘z fikrlarini aniq faktlar va mustahkam axloqiy qarashlarga asoslaydi. Nashriyotimiz e’tiboringizga havola etayotgan ushbu kitob siz azizlarga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

