Bolalar uchun yumshoq va qulay paxtali pijama to'plami (mashinchali print bilan)
Farzandingizning qulay va maroqli uqusi hamda uyda erkin harakatlanishi uchun mo'ljallangan sifatli bolalar pijamasi. Tabiiy va nafas oluvchi yumshoq paxta matosidan tikilgan bo'lib, bolaning ta'sirchan terisiga hech qanday noqulaylik tug'dirmaydi. Yoqimli va rang-barang mashinchalar rasmi (printi) kiyimga o'zgacha ko'rk bag'ishlaydi.
Xususiyatlari:
- Material: 100% yumshoq va tabiy paxta (bolalar terisi uchun xavfsiz va nafas oluvchi)
- To'plam tarkibi: Uzoq yengli kofta va qulay rezinkali shim
- Dizayn: Mashinalar bilan bezatilgan rang-barang va qiziqarli print
- Qulaylik: Bilak va to'piq qismidagi yumshoq manjetlar kiyimning surilib ketishidan saqlaydi va issiqlikni ushlaydi
- Mavsum: Yilning barcha fasllari uchun universal (kuz, qish, bahor, salqin yoz)
- Parvarish: Yuvilganda shaklini yo'qotmaydi, rangi o'chmaydi va tivitlanmaydi
