• 5-7 yoshli bolalar, shuningdek, ta’lim o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan maktab o‘quvchilari uchun rus tilini o‘rganish.
• Sahifalar soni: 128
Kitob o‘qishni o‘rganish bola uchun ham yangi, ham o‘ziga yarasha murakkab masala.
Мazkur «Читаем и говорим по-русски» turkumidagi «Учимся читать» kitobi nafaqat farzandingizni kitob o‘qishga o‘rgatish, o‘qiganlarini tushuna bilish, kitobga mehr qo‘yish, balki uni maktabga tayyorlashda ham ko‘makdosh bo‘ladi. Ushbu kitob farzandigizga harf o‘rgatibgina qolmay, undagi turfa rangli va bamisoli jonli rasmlar, qiziqarli o‘yin va vazifalar uni afsonaviy bilimlar o‘lkasiga yetaklab boradi.
Kitob matni, dizayni shunday tanlanganki, uning har sahifasi farzandingizni rang-barang rasmlar dunyosida maroqli sayr ettira oladi va real hayotdagi odamlar, jonivorlar, sevimli multfilm va ertaklardagi sehrli qahramonlar bilan uchrashtiradi.
Mazkur qo‘llanma 5–7 yoshdagi bolalar, jumladan, maktab o‘quvchilari, bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari yoki rus tilini ilk bor o‘rganayotganlar uchun mo‘ljallangan. Undan tashqari, ushbu alifbedan o‘qituvchi yordamida hamda mustaqil uyda o‘rganuvchi, rus tili uning ona tilisi bo‘lmagan milliy maktab o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Bolaning bilimdonligi va kitobga bo‘lgan mehri uning muvaffaqiyatiga kafolat bo‘lib, farzandlarimiz kelajagi uchun eng katta hissadir.

