Masaru Ibukaning ushbu asari farzandni chaqaloqligidan boshlab tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan. Muallif bolaning ongi, ruhiyati, jismoniy va ma’naviy shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan jihatlarni yoritadi. Asar ota-onalarga tarbiyada nimalarga kechikmaslik, yo‘l qo‘yilgan xatolarni qanday anglash va ularni tuzatish mumkinligini tushunishga yordam beradi.

