Kontaktli indikator uch fazali o‘zgaruvchan tok tarmog‘ida fazalar ketma-ketligini tekshirish va fazalardan biri yo‘qligini aniqlashga yordam beradi. Masalan, undan uch fazali dvigatel, nasos yoki ventilyatorni ulashdan oldin elektr ta’minotini tekshirishda foydalaniladi.
Panelda beshta yorug‘lik indikatori bor. Uchta to‘q sariq U, V va W indikatori har bir faza uchun alohida ishlaydi. Asbob uchala fazani aniqlasa, yashil CW indikatori va uzlukli ovoz to‘g‘ri ketma-ketlikni, qizil CCW indikatori va uzluksiz ovoz esa teskari ketma-ketlikni bildiradi. Bitta faza aniqlanmasa, unga mos indikator, shuningdek, CW va CCW indikatorlari yonmaydi, ovoz esa uzluksiz eshitiladi. Indikator yonmasligiga zondning yomon kontakti ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ish kuchlanishi — 60–600 V AC. Ish chastotasi — 20–400 Hz. Asbob tekshirilayotgan zanjirdan quvvat oladi, batareya kerak emas. Fazalar ketma-ketligi indikatorlar orqali ko‘rsatiladi, kuchlanish va chastota qiymatlari raqamlarda aks ettirilmaydi.
Korpus o‘lchami simlarsiz 82 × 62 × 23 mm. O‘lchov simining uzunligi — taxminan 570 mm. To‘plamning qadoq bilan og‘irligi taxminan 240 g.
To‘plamga uchta rangli zondli indikator, uchta yechib olinadigan «krokodil» qisqich, bilak tasmasi, fermuarli g‘ilof va ingliz tilidagi qo‘llanma kiradi.

