Ucell tarmog'iga ulanishda mustaqil ro'yxatdan o'tish to'plami.
Quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Ucell SIM-karta;
- SIM-karta chiqarish skrepkasi;
- SIM-karta faollashtirish qo’llanmasi;
- A’lo kayfiyat ulashish uchun stikerlar to’plami.
SIM-karta faollashtirishda sizdan quyidagilar talab qilinadi:
- Fotokamera va internetga kirish imkoniyati mavjud smartfon yoki planshet (iOS yoki Android);
- O’zbekiston Respublikasi fuqaro pasporti yoki ID-kartasi;
- Tanlangan aloqa xizmatlari to’lovini amalga oshirish uchun UzCard yoki Humo bank kartasi.
Buyurtmani qabul qilganingizda, ulanish to'plami to’liq yaxlitligini tekshiring (SIM kartali konvert).
To’plam ochilgach, qaytarib olinmaydi yoki almashtirib berilmaydi.
SIM-kartani qanday faollashtirish mumkin?









