

Type-C → USB-A mini adapterYangi telefonlar Type-C kabel bilan keladi, lekin noutbuk, avtomobil va eski zaryadlovchilarda hali ham oddiy USB-A port turadi. Bu mini adapter muammoni hal qiladi: uni USB-A portga taqasiz va Type-C kabelni adapterga ulaysiz.
• Noutbuk va kompyuter — telefondan fayl ko‘chirish
• Avtomobil — mashinadagi USB orqali zaryadlash
• Eski zaryadlovchi blok — yangi kabel eski blokda ishlaydi
• Powerbank, televizor va USB-A porti bor boshqa qurilmalar
• Ulagichlar: Type-C (ona) → USB-A (ota)
• O‘lchami: 20,2 × 12,1 × 4,6 mm
• Metall korpus
• Drayver kerak emas — ulang va ishlating
Zaryadlash quvvati va ma’lumot uzatish tezligi ulangan USB-A port va kabelga bog‘liq. Adapter 100W tez zaryadlash va monitorga tasvir chiqarishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

