Agar siz rassom yoki boshqa ijodiy kasb egasi bo‘lsangiz, bu hali siz och qolishingiz kerak degani emas. Siz o‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullanib, muvaffaqiyatli karyera qurishingiz mumkin — va ushbu kitob muallifi Liza Kongdon siz bilan vositalarni baham ko‘rishga va muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga tayyor.
Muallif nafaqat muvaffaqiyatli ijodiy karyera qurish uchun zarur bo‘lgan aniq ketma-ket qadamlarni taklif etadi, balki buni allaqachon amalga oshirganlarning tajribasi bilan ham o‘rtoqlashadi. Har bir bobda o‘z ijodidan yaxshi daromad topadigan odamlarning bir nechta intervyulari mavjud.
Ushbu kitob sizga yordam beradi:
yuqori va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni belgilash;
o‘z daromad manbalarini diversifikatsiya qilish;
o‘z daromadlari va xarajatlari hisobini yuritishi;
o‘z mualliflik huquqlarini himoya qilish;
o‘z ishlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilish;
ajoyib va jozibali sayt yaratish;
o‘z ishlarini galereyalarda namoyish etish;
o‘z ishlarini to‘g‘ri baholash va sotish;
sevgan ishi bilan shug‘ullanish va shu orqali pul topish.
Bu kitob kim uchun?
Ijod bilan shug‘ullanib pul topishni istagan har bir kishi uchun.

