Bu to‘plamga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda dunyoning eng taniqli allomalarining mustaqillik, ona-Vatan, boy meros va qadriyatlar, maʼnaviyat, tafakkur qirralari, chin insoniylik, hayot tarzimiz haqidagi falsafiy dono fikrlari, ibratli so‘zlari kiritilgan.
Ularning ayrimlarini muallif kitoblarni, kundalik nashrlarni o‘qish jarayonida yon daftariga qayd qilib borgan.Bu dono so‘zlarni biz "Javohirlar xazinasi" deb atadik.
Bu durdona fikrlar sizning dunyoqarashingizni shakllantirishga, fikr-doirangizni boyitishga ozgina bo‘lsada yordami tegsa maqsadga erishilgan bo‘ladi.

