Atoqli bolalar shoiri, mohir tarjimon, mashhur parodiyachi va publisist Tursunboy Adashboyev tavalludining 86 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashrga tayyorlangan ushbu to'plamga adibning ijodiy bisotidan saralab olingan turli janrdagi asarlari, shuningdek, u haqdagi e'tirof va yodnomalar kiritildi.
Ishonamizki, ular Sizga maroqli mutolaa onlarini taqdim etib, ko'ngil mulkingizdan joy oladi.

