"Turkiylarning xayoliy jonzotlari" adib Sherzod Komil Xalil tomonidan
turli manbalar asosida yozilgan noyob bestiariylar jamlanmasi boʻlib, u turkiy
xalqlarning tasavvur olamida yashab kelgan 40 ta afsonaviy jonzotni o'z ichi-
ga qamrab oladi. Kitob har bir jonzotning kelib chiqishi, unga oid e'tiqodlar,
obrazdagi ramziy ma'nolar va xalq og'zaki ijodida tutgan o'rnini o'ziga xos il-
miy-badiiy uslubda tasvirlaydi. Bu asar nafaqat mifologiyani sevuvchilar, balki
tarix, madaniyat va san'at ixlosmandlari uchun ham katta qiziqish uyg'otishiga
shubha yo'q. Kitobning alohida ahamiyatli jihati, rassom Chori Shams tomo-
nidan chizilgan betakror suratlardir. Har bir obrazga mos vizual tasvir kitobni
yanada jozibali qiladi va o'quvchini chuqurroq xayolot dunyosiga yetaklaydi.
"Turkiylarning xayoliy jonzotlari" unutilgan tasavvurlar xazinasi bilan bugun-
gi avlodni bog'laydigan noyob manba bo'lib xizmat qilishidan umidvormiz.

