Qo'lingizdagi kitob turk adabiyotidagi nomdor adiblardan tor-
tib, bugun siz-u biz bilan bitta zaminda, zamonda yashayotgan yo-
zuvchilarning sara hikoyalarini jamlagan. Ushbu hikoyalar to'plami
turk adiblarining shu vaqtga dovur sevib o'qilgan, taniqli adiblari
Aziz Nesin, Rashod Nuri Guntekin, Sabohiddin Alidan tortib, Nejib
Tosun, Yoqub Umar o'g'li, Mavlono Idris, Ayshegul Gench kabi
davrimizning eng ilg'or yozuvchilari asarlarigacha tanishish, turk
adabiyotining bizga hali ochilmagan eshiklarini ochish imkonini
beradi. Ular orqali qardosh do'stlarimizning bizga u qadar olis
boʻlmagan hayoti, turmushi, orzu-armonlari bilan tanishish imko-
niga ega bo'lasiz.

