TURKIY GULISTON YOXUD AHLOQ, Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniyning Axloq tgrisidagi kitobi.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o'lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg'or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari ko'p. U maktablar ochib, shaxsan o'zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta'minlash ishiga katta hissa qo'shdi.
Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o'zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi.
Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi.

