📌 Muallif: Abdulla Avloniy
📌 Til: O‘zbekcha | Yozuv: Kirillcha | Sahifalar soni: 160 | Muqova turi: Qattiq
Abdulla Avloniy — jadid adabiyoti va ma’rifatparvarlik harakatining yirik vakili. Ushbu to‘plamga uning mashhur asarlari — “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim” kiritilgan.
Bu asarlar orqali muallif yosh avlodni odob-axloq, ilm-ma’rifat, insonparvarlik va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga chorlaydi. Sodda tilda yozilgan, mazmunan boy bo‘lgan ushbu kitob har bir o‘quvchi uchun foydali manbadir.
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya – biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; yo saodat, yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari bugun har qachongidan ham dolzarb.
Tarbiyaga be’etiborlik oqibatida hayotimizda ko‘ngilsizliklar, turli ijtimoiy muammolar yuzaga kelmoqda. Ko‘pchilik moddiy tashvishlar bilan band bo‘lib, farzand tarbiyasiga yetarli e’tibor bera olmayapti. Ammo tarbiya – “bir gap bo‘ladigan” narsa emas!
Buning uchun shaxsiy vaqt, e’tibor va mas’uliyat zarur. Hayotdagi eng katta yutuq – bu tarbiyali avlod tarbiyalashdir.

