Turkiy Guliston
📌 Muallif: Abdulla Avloniy
📌 Til: O‘zbekcha
📌 Yozuv: Lotincha
📌 Muqova turi: Yumshoq
📌 Sahifalar soni: 96
📌 Janr: Roman
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir" degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz. Tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar bizning hayotimizda o‘z aksini topmoqda. Ammo hozirgi kunda ko‘plab insonlar: “Nima qilay, ishlamasang bo‘lmasa!” yoki “Ko‘ryapsiz-ku, osonmas, hayot tashvishlari, bolalarning yeb-ichishi-yu, kiyim-kechagi...” deb, tarbiyaga yetarlicha e’tibor bermayapti.
Lekin, tarbiya – bu “bir gap bo‘ladigan” narsa emas! Uning uchun jon kuydirish, shaxsiy vaqtni va e’tiborni sarflash shart. Mol-dunyo, kiyim-kechakka hirs qo‘yish dardidan forig‘ bo‘lib, farzand tarbiyasiga e’tibor qaratishimiz lozim. Ko‘pchilikning farzand tarbiyasi bilan band bo‘lishga ortiqcha vaqti yo‘q degan qarashi noto‘g‘ri. Vaholanki, bu masala har birimizning kundalik hayotimizda eng muhim o‘rin tutishi kerak. Olimlar bir sutkada faqatgina o‘n ikki daqiqani farzand tarbiyasiga ajratadigan ota-onalar borligini aniqlagan. Bu daqiqalar ko‘pincha dasturxon atrofida, bola ko‘chaga chiqayotganda yoki maktabga ketayotganda beriladigan kichik tanbehlarga sarf bo‘lar ekan.
Tarbiya masalasiga diqqat bilan yondoshuv, albatta, o‘z natijasini beradi. Abdulla Avloniyning ushbu asari orqali siz hayotingizga zarur bo‘lgan tafakkur va tarbiyaning haqiqiy qiymatini anglaysiz. Kitobni sotib olishga imkoniyatni qo‘ldan boy bermang 🛒
Do‘kon sahifasiga o‘tishni tavsiya qilamiz, u yerda eng arzon va sifatli takliflar sizni kutmoqda.

