"Turkiston qayg‘usi" — Alixonto‘ra Sog‘uniyning XX asrdagi siyosiy larzalar davrida Turkiston taqdiriga bag‘ishlangan tarixiy-memuar asari. Ikkinchi qismda Sharqiy Turkiston: ta’qiblar, majburiy muhojirlik, mustaqillik uchun kurash, siyosiy voqealar va Sharqiy Turkiston Respublikasining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Muallif bu voqealarga nafaqat tarixiy faktlar sifatida, balki shaxsiy xotiralari, kechinmalari va vatan kelajagi haqidagi fikrlari orqali ham yondashadi. Ikkinchi qism Sog‘uniyning g‘oyasi va materiallari asosida muallifning o‘g‘li Asilxon Alixonto‘ra o‘g‘li tomonidan yakunlangan.

