Bu 1918–1935-yillarda Turkistonda sovet tuzumi va qizil armiyaga qarshi qaratilgan milliy ozodlik yoki istiqlolchilik harakati haqidagi tarixiy monografiyadir. Muallif harakatni O‘zbekiston va xorijiy arxivlardagi arxiv hujjatlari, kutubxona va muzey materiallari, XX asrning birinchi yarmidagi davriy matbuot, davlat, siyosiy va harbiy arboblarning xotiralari, og‘zaki tarixiy materiallar hamda avvalgi tarixiy tadqiqotlar asosida tadqiq etadi. Turkiston qo‘rboshilari, taraqqiyparvar jadidlar, islom ulamolari faoliyati va mustaqillik uchun kurashga alohida e’tibor qaratilgan. Kitob Turkiston milliy ozodlik harakatlari tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

