Qo'lingizda ushlab turgan ushbu lug'at keng qamrovli bo'lib, turk va o'zbek tillarida 30 000 ga yaqin so'z va iboralarni o'z ichiga oladi. Turkcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-turkcha lug‘atlarni bir kitobda birlashtirish foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi. Undan litseylar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, universitet talabalari, tarjimonlar va turk tilini mustaqil o‘rganayotganlar foydalanishlari mumkin.

