Mazkur "Turkcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-turkcha lug‘at" ikki qismdan iborat bo‘lib, 14 mingga yaqin so‘zni o‘z ichiga oladi. Xususan, unda olti mingdan ortiq turkcha, sakkiz mingga yaqin o‘zbekcha so‘z bor. Lug‘atdan foydalanish qulay bo‘lishi uchun lug‘atning har ikkala bo‘limining ikkinchi ustunida mazkur tildagi so‘zlarning talaffuzi va o‘qilishining maxsus transkripsiyalari berilgan.
Mazkur lug‘at tilshunoslar, turk va o‘zbek tillarini o‘rganayotgan talabalar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

