• Nomi: Turk tilini o‘rganamiz.
• Muallif: N. Yusupova
• Janri: Til o‘rgatuvchi qo‘llanma, darslik
• Muqova: Yumshoq
N. Yusupovaning ushbu qo‘llanmasi turk tilini o‘rganishni istagan o‘quvchilar uchun amaliy va juda qulay darslikdir. Kitobda turk tilining asosiy grammatik qoidalari, kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan so‘z va iboralar, dialoglar va oddiy muloqot namunalarini o‘z ichiga oladi.
Materiallar bosqichma-bosqich, sodda va tushunarli tarzda berilgan bo‘lib, hatto yangi boshlayotganlar ham osongina o‘zlashtira oladi. Har bir mavzu misollar, mashqlar va nutqni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar bilan boyitilgan.

