Afrikadan Amerikagacha bo‘lgan olti ming kilometrlik masofani papirus qayiqda bosib o‘tish mumkinmi? Qadimgi frakiyaliklar va misrliklar Amerikaning olis qirg‘oqlariga tashrif buyurgani haqidagi nazariya haqiqatga yaqinmi? Buni qadimda ham, hozirda ham amalga oshirish mumkinligini isbotlash uchun mashhur norvegiyalik tadqiqotchi Tur Xeyerdal Misr ehromlari freskalaridagi chizmalar asosida "Ra" (qadimgi Misr quyosh xudosi nomi) deb atalgan papirus qayig‘ini quradi va xalqaro jamoa bilan xavfli, ammo hayajonli sayohatga otlanadi.

