Detektiv asarlar o‘quvchilar orasida keng mashhurlikka ega — bu hammaga ma’lum.
Agar kitob o‘z ishining mutaxassisi bo‘lgan insonning ko‘p yillik hayotiy tajribasi asosida yozilgan bo‘lsa, uning jozibadorligi yanada oshadi.
Qo‘lingizdagi kitob — adolat yo‘lida fidokorlik bilan xizmat qilgan insonning haqiqiy voqealari va kechinmalari asosida yozilgan.
Eng murakkab ishlarni yechishda tergovchilar tomonidan bedor o‘tkazilgan tunlar, tang vaziyatlar, jinoyat olamining shafqatsizligi — bularning barchasi o‘quvchi ko‘z oldida jonlanadi va chuqur taassurot qoldiradi.
Ammo voqealar qanday rivojlanmasin — yakunda adolat tantana qiladi.
O‘quvchining ko‘ngli taskin topadi. Zero, muallifning asosiy maqsadi ham aynan shundan iborat.

