DIQQAT!!! Ichki kiyimni berish punktida tekshirishingiz mumkin va agar Sizga to’g’ri kelmasa sotib olmasangiz bo’ladi. SOTIB OLINGANDAN KEYIN ICHKI KIYIM ALMASHTIRILMAYDI YOKI QAYTARIB BERILMAYDI!!!
Ushbu ayollar uchun mo‘ljallangan tungi kiyim to‘plami nafislik va qulaylikni birlashtiradi. Ipakdek yumshoq va yengil materialdan tayyorlangan bo‘lib, teriga yoqimli tegadi, nafas oladi va uzoq vaqt davomida qulaylik hissini saqlab qoladi. Model tanaga chiroyli tushib, ayollar qomatini yanada jozibador va nafis ko‘rsatadi.
Maxsus dizayni bel qismini ochiqroq ko‘rsatib, siluetni vizual ravishda ingichkaroq va chiroyli qilib beradi. Ko‘krak qismidagi bezak va krujeva elementlari umumiy ko‘rinishga romantik va hashamatli tus qo‘shadi.
Yelka qismidagi straplar (tasma) regulyatsiya qilinadi, ya’ni ularni qisqartirish yoki uzaytirish mumkin. Bu esa kiyimni har xil qomatga moslashtirish, ideal o‘tirishini ta’minlash va yanada qulay foydalanish imkonini beradi.
To‘plam ichiga mos dizayndagi stringlar ham kiradi, bu esa umumiy obrazni mukammal qiladi. Ushbu model romantik kechalar, maxsus lahzalar yoki o‘zingizni yanada ishonchli va jozibador his qilish uchun a’lo tanlov hisoblanadi.

