
Vesta va XRay avtomobillari uchun tumanga qarshi LED chiroqlar yo‘l harakati xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Tumanka linzali (linasi bor) bo‘lib, yorug‘lik nuri to‘g‘ri yo‘naltiriladi va ko‘zga tushmaydi, qarama-qarshi harakatdagi haydovchilarni chalg‘itmaydi. Yorqin LED yorug‘lik tuman, yomg‘ir, qor va qorong‘i ob-havoda yo‘lni aniq yoritadi. Energiya tejamkor bo‘lib, akkumulyatorga ortiqcha yuk bermaydi. Mustahkam korpus uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi. Regulirovkasi mavjud, ya’ni nurni baland-pastga sozlash mumkin. O‘rnatilishi oson, standart joyiga mos keladi.

