Stress darajasining oshishi, immunitet tizimining qarishi, xotiraning susayishi - tanamiz ichida haqiqiy janglar ketmoqda. Bunga Covid oqibatlari bilan kurashish - boshdagi tuman va biror muhim narsaga e’tibor qarata olmaslik ham qo‘shiladi. Bundan tashqari, ko‘p vazifalilik, tugamaydigan muddatlar - har kuni biz ulgurmaslik, yuqtirib olish, unutish qo‘rquvi ostida qolamiz...
Kitob muallifi ham 49 yoshida shifokorlardan yurak bilan bog‘liq jiddiy muammolar tashxisini eshitib, murakkab vaziyatga tushib qoldi. Bugungi kunda u 64 yoshda bo‘lib, dunyodagi eng yaxshi uzoq muddatli xotira egasi hisoblanadi. U sayyorani kezib, uni po‘lat quyuvchidan xotira bo‘yicha mutaxassisga aylantirgan miyani charxlash tizimini bajonidil baham ko‘radi.
Jim Kerolning keng qamrovli dasturi - bu besh bosqichdan iborat aql, tana va his-tuyg‘ularni mashq qildirishdir. U diqqat, konsentratsiya va xotirani rivojlantiradi, shaxsiy unumdorlikni oshiradi va hatto IQni oshiradi.
Oylik rejaga kiritilgan oddiy mashqlar to‘plami har qanday yoshda, hatto kitob muallifi kabi o‘quvchi 60 yoshdan oshgan bo‘lsa ham, aql o‘tkirligini rivojlantirish va saqlab qolishga yordam beradi.
Miyani charxlash dasturi sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
• umumiy energiya darajasini oshirish va doimiy stress oqibatlarini bartaraf etish,
• bir vaqtning o‘zida ko‘plab tafsilotlarni xotirada ushlab turish,
• o‘rta yosh inqirozini yengib o‘tish va hayotga bo‘lgan ishtiyoqni qaytarish,
• 40 yoshdan keyin ham ishchanlik qobiliyatini saqlab qolish va yosh xodimlar bilan bir qatorda raqobatbardosh bo‘lish,
• zerikishni qiziqish bilan almashtirish va parishonxotirlikni butunlay unutish.
Muqova: Qattiq
Sahifalar: 304

