PPR truba utugi – polipropilen (PPR) plastik quvurlarni professional darajada paykalash uchun mo‘ljallangan qurilma. Suv ta’minoti va isitish tizimlarini o‘rnatishda keng qo‘llaniladi.
Qurilma tez qiziydi va barqaror haroratni ushlab turadi, bu esa quvurlarni mustahkam va sifatli biriktirish imkonini beradi. 20 mm dan 32 mm gacha bo‘lgan trubalar uchun mos.
Ergonomik dizayn va qulay tutqich uzoq vaqt ishlashda ham qulaylik yaratadi. To‘plamda bir nechta nasadkalar va mustahkam metall transport qutisi mavjud.
Uy ustalari va professional santexniklar uchun ideal tanlov.

