Donali elektrodlar (MMA) bilan payvandlash va metallni kesish (strožka) uchun mo'ljallangan sanoat maksadli ko'p funksiyali invertor. Professional payvandchi ushbu apparatni munosib baholaydi. 480A maksimal tokka atigi 26 kg vazn bilan erishiladi. Yoy o't oldirishni boshqarish payvandlash boshlanishida optimal kirib borishni (provar) ta'minlaydi, yoyni kuchaytirish (force) sozlamasi esa elektrod sochilishini kamaytiradi hamda yoyning optimal barqarorligini va payvandlash vannasining chuqurligini ta'minlaydi. Innovatsion IGBT invertor texnologiyasining kuchaytirilgan bloki ushbu texnikaning uzoq yillar davomida ishonchli ishlashini kafolatlaydi.
"M" indeksli modifikatsiyalangan liniya apparatning 100% yuklanishi talab etilmaydigan aksariyat professional va sanoat iste'molchilarining talablariga moslab maxsus ishlab chiqilgan bo me'yoriy va to'liq modellaridan 40% ish rejimi (PV) bilan ajralib turadi.
Xususiyatlari:
- Sozlanuvchan ForceArc (yoyni kuchaytirish) — metall tomchisi elektrotdan ajralib chiqish paytida payvandlash tokini oshiradigan apparat funksiyasi. Elektrodning yopishib qolish ehtimolini kamaytiradi va yoyning yonish barqarorligini oshiradi.
- Sozlanuvchan Hot Start (issiq start) — har xil qalinlikdagi materiallar bilan har qanday turdagi payvandlash ishlarida ideal start uchun yoy o't oldirish paytidagi cho'qqi (pik) tokini sozlash.
- Carbon Gouging funksiyasi — havo uzatish moslamasini ulash orqali ko'mir elektrodi bilan metallni havo-yoyli kesish (strožka).
- VRD funksiyasi qiyin sharoitlarda (yopiq joylar, yuqori namlik) payvandchining xavfsizligini ta'minlaydi — tarmoq tutashganida kuchlanishni bir zumda 24V gacha pasaytiradi.
- Borish qiyin bo'lgan joylarda ishlash uchun payvandlash tokini masofaviy boshqarish REM pultini ulash imkoniyati (opsiya).
- Yupqa materiallar bilan ishlash uchun 40A dan har qanday qalinlikdagi elektrod bilan to'liq ishlash uchun 480A gacha bo'lgan payvandlash tokini sozlashning keng diapazoni.
- Kuch kabellarining professional rezbali ulanishlari maksimal toklarda uzoq muddatli yuklamalarda ishonchli kontaktni ta'minlaydi.
- Zamonaviy "dust-free" ("changisiz") sovutish tizimi: ventilyator faqat zarur bo'lganda yoqiladi, havo oqimlari elektron boshqaruv komponentlaridan ajratilgan holda faqat issiqlik yuklangan quvvat elementlarini sovutadi. Apparat changni "yutmaydi", bu esa yoqilish muddatini (PV) va apparatning umumiy xizmat muddatini oshiradi.
- Yangi avlod IGBT komponentlari bazasidagi boshqaruv blokining zamonaviy ko'p platali konstruksiyasi.
- Standart yetkazib berish to'plamida payvandlash aksessuarlari jamlanmasi.
Qo'llanilishi:
- Ishlab chiqarish;
- Qurilish;
- Metall konstruksiyalarni montaj qilish;
- Quvurlarni yotqizish va qurish;
- Kemasozlik.
Jamlanma (Komplektatsiya):
- 50 mm² kabel, 3 metr — 2 dona.
- 500A massa qisqichi — 1 dona.
- 500A elektrod ushlagich — 1 dona.