Butun dunyo kitobxonlariga yaxshi tanish va sevimli bo‘lgan, "Трое в лодке, не считая собаки" romani qahramonlari - ajralmas do‘stlar Jey, Jorj va Garrining kulgili sarguzashtlari davom etadi.
Yillar o‘tdi, ular ulg‘ayib, ancha jiddiy tortishdi - ammo unchalik ham dono bo‘lib qolishmadi. Va yana sayohat shamoli uch viktorian janobining boshini aylantirdi. Velosipedda sayohat qilish urfiga ergashib, ular qit’a bo‘ylab - Germaniya safariga otlanishadi.
Ularni nihoyatda kulgili va g‘aroyib sarguzashtlar kutmoqda. Bunday sinovlardan esa faqat britanlarga xos o‘z qadr-qimmatini saqlash hissi va o‘tkir hazil-mutoyibagina yordam berishi mumkin!..

