Turk tilidan CEFR imtihoniga tayyorlanish uchun maxsus o‘quv qo‘llanma!
✍️ Muallif: Dilnoza Sabirova
TÜRK DİLİ MULTILEVEL | DİNLEME — turk tilini o‘rganayotgan va CEFR imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv qo‘llanma. Kitob tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish, audio materiallar bilan ishlash va test topshiriqlarini bajarish uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanma 20 ta mavzuli bo‘lim, A1–C1 darajalariga mos audio materiallar va test topshiriqlarini o‘z ichiga oladi.
Kitobdagi maxsus QR-kodlarni telefon kamerasi yordamida skaner qilish orqali tegishli audio materiallarni topish va tinglash mumkin. Barcha QR-kodlar 100% ishlaydi. Audiolarni kitobdagi topshiriqlar bilan birgalikda bajarish orqali tinglab tushunish ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish mumkin.
Barcha kerakli javoblar kaliti kitob ichida mavjud. U orqali bajarilgan testlarni tekshirish, xatolarni aniqlash va bilimlarni mustaqil baholash mumkin.
1. Mustaqil o‘rganuvchilar uchun — audio materiallar va testlar yordamida bilimlarini mustahkamlashni istaganlar.
2. CEFR imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun — tinglab tushunish bo‘limi bo‘yicha muntazam mashq qilishni istaganlar.
3. O‘qituvchilar va repetitorlar uchun — darslarda audio mashqlar, testlar va mustaqil topshiriqlardan foydalanish uchun.
4. O‘quv markazlari uchun — guruh va individual mashg‘ulotlarda qo‘shimcha o‘quv materiali sifatida.
Dilnoza Sabirova — turk tili bo‘yicha o‘quv materiallari va qo‘llanmalar muallifi. TÜRK DİLİ MULTILEVEL kitoblari turk tilini o‘rganuvchilar va CEFR imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun ishlab chiqilgan.
Maxsus QR-kodlar orqali audiolarni tinglash, 20 ta mavzuli bo‘lim yordamida mashq qilish va kitob ichidagi javoblar kaliti orqali natijalarni tekshirish imkoniyati!
TÜRK DİLİ MULTILEVEL | DİNLEME — tinglang, tushuning va CEFR imtihoniga puxta tayyorlaning!

