Yuz va tana parvarishi uchun mo'ljallangan universal 4 tasi 1 da simsiz multi-trimmer — bu har kuni mukammal ko'rinishga ega bo'lish uchun ideal yordamchidir. Qurilma ixcham va ko'p funksiyali bo'lib, erkaklar va ayollar uchun istalmagan tuklardan tez, samarali hamda mutlaqo og'riqsiz xalos bo'lish imkonini beradi.
Mahsulotning asosiy afzalliklari va funksiyalari:
- Mukammal va silliq soqol: Nozik teriga zarar yetkazmasdan, qizarish va allergiya hosil qilmasdan silliq va sifatli qirishni ta'minlaydi.
- Qoshlarni korreksiya qilish: To'plamdagi maxsus nasadka yordamida qoshlarga aniq va chiroyli shakl berish, ortiqcha tuklarni osongina tozalash mumkin.
- Burun va quloq tuklarini olish: Burun bo'shlig'idagi tuklarni xavfsiz, og'riqsiz va terini jarohatlamasdan samarali tozalaydi.
- Tana a'zolarini parvarishlash: Tananing eng nozik va dekaat sohalari (bikini zonasi, qoltiq osti va oyoqlar) uchun yumshoq va bezarar tozalash imkonini beradi.
Texnik xususiyatlari va o'ziga xosligi:
- Suvdan himoya (IPX6): Qurilma namlikka chidamli korpusga ega bo'lib, uni dush qabul qilayotganda ham bemalol ishlatish va foydalangandan so'ng suv ostida yuvib tozalash mumkin.
- USB quvvatlash va Akkumulyator: O'rnatilgan batareyasi tufayli simlar xalaqit bermaydi. Istalgan USB port (adapter, noutbuk yoki poverbank) orqali tez zaryadlanadi.
- Tinch motor: Kuchli va tezkor motor ish jarayonida juda past shovqin chiqaradi, bu esa foydalanishni yanada qulay qiladi.
Jamlanma tarkibi: 1 ta universal trimmer korpusi, 4 ta almashtiriladigan maxsus funksiyali nasadka, quvvatlash uchun USB-kabel, tozalash cho'tkasi va yo'riqnoma.
Foydalanish tartibi: Ishlatishdan oldin trimmerni to'liq quvvatlang. Kerakli soha uchun mos nasadkani o'rnating ва qurilmani yoqing. Tuklarni o'sish yo'nalishiga qarshi ohista harakatlantiring. Qurilmani quruq terida ham, dushda ham ishlatsa bo'ladi. Jarayon tugagach, nasadkani yechib, suv ostida yoki cho'tka yordamida tozalang.