EFFESTI TRIBULUS — kapsula shaklidagi biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi. Tarkibida sudraluvchi temirtikan — Tribulus terrestris o‘simligi ekstrakti va sink glitsinat mavjud.
Bir kapsula tarkibida:
— Tribulus terrestris o‘simligi ekstrakti — 250 mg;
— sink glitsinat — 10 mg.
Mahsulot 40 kapsulali PET flakonda taqdim etiladi. Flakon foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylashtirilgan.
Mahsulot 18 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan. Og‘iz orqali, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Qabul qilish miqdori va davomiyligi bo‘yicha foydalanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlang. Yaroqlilik muddati — 3 yil. Qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanmang.
Ishlab chiqaruvchi: MChJ «FARM FORMAT», O‘zbekiston.
Ozuqaga BFQ. Dori vositasi emas.

