Tabiat qo‘ynida dam olish, dala hovli yoki mehmonlar uchun ideal yechim. Ushbu raskladushka o‘zida qulaylik va chidamlilikni mujassam etgan.
Asosiy afzalliklari:
- Transformer funksiyasi: Orqa qismi (spinkasi) bir necha holatda sozlanadi. Undan ham yotoq, ham qulay shezlong sifatida foydalanish mumkin.
- Maksimal qulaylik: Maxsus yumshoq qoplama va bosh qismidagi yostiqchasi bel va bo‘yin charchog‘ini oladi.
- Oson saqlash va tashish: Yig‘ilganda juda kam joy egallaydi, mashina yukxonasiga bemalol sig‘adi.
- Mustahkam konstruksiya: Metall karkas uzoq muddat xizmat qiladi, oyoqlari sirpanib ketmaydi.
Texnik xususiyatlari:
- Sig‘imi: 1 kishilik
- Og‘irligi: 6 kg
- O‘lchami (ochilgan holatda): 195 x 64 x 30 sm
- O‘lchami (yig‘ilgan holatda): 71.5 х 64 x 15 sm