TP-Link TL-WR841N — uy va ofis uchun mo‘ljallangan ishonchli Wi-Fi router bo‘lib, 2.4 GHz chastotada 300 Mbit/s gacha tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Kuchli va barqaror signal uchun 2 ta tashqi antenna bilan jihozlangan. Video tomosha qilish, online o‘qish, o‘yin va Smart TV ulash uchun mos. 4 ta LAN porti mavjud hamda IPTV, IPv6, QoS va WPA/WPA2 himoyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Oddiy sozlanadi va kundalik foydalanishda barqaror ishlaydi.

