• Ishlash rejimi: Range Extender / Access Point
• Simsiz standartlar: IEEE 802.11a/b/g/n/ac
• Tezlik: 2.4 GHz — 300 Mb/sgacha 5 GHz — 867 Mb/sgacha
• Detallar: Ethernet port: 1 × 10/100 Mb/s RJ45 Antennalar: 2 × tashqi
• Xavfsizlik: WEP, WPA/WPA2-PSK
• Quvvat: 100–240 V, 7.3 W (maksimal)
• Mos keluvchi routerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytiradi yoki Ethernet orqali kirishni Wi-Figa aylantiradi
TP-Link RE305 simsiz tarmoq qamrovini kengaytiruvchi qurilma (range extender). Bu devays orqali uy yoki ofisda Wi-Fi signalining “o‘lik zonalarini” yo‘qotib, router signalini uzoqroq joylarga yetkazish mumkin. 2,4 GHz tarmoq 300 Mb/sgacha, 5 GHz esa 867 Mb/sgacha tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa videolarni tomosha qilish, onlayn o‘yinlar va bir nechta qurilmani ulash uchun yetarli. Signal kuchini topish uchun “intelligent signal” indikator chirog‘i mavjud. Shuningdek, RE305 Ethernet porti orqali Access Point (Wi-Fi nuqtasi) rejimida ham ishlashi mumkin va TP-Link Tether ilovasi orqali smartfon bilan boshqarish qulay.

