Archer C24
Ikki diapazonli Wi-Fi router AC750
- Yuqori Wi-Fi tezligi — AC750 standartidagi ikki diapazon HD-videostrimlar va yuqori tezlikdagi yuklanmalar uchun ideal darajada mos keladi.
- Keng qoplama maydoni — to‘rtta antenna yaxshi Wi-Fi qoplamasini va ishonchli ulanishni ta’minlaydi.
- Uch xil ish rejimi — ko‘proq moslanuvchanlik uchun router, kirish nuqtasi (AP) va signal kuchaytirgich (repeater) rejimlari qo‘llab-quvvatlanadi.
- Ota-ona nazorati — ulangan qurilmalarning internetga kirish vaqti va usulini belgilash imkonini beradi.
- Mehmon tarmog‘i — asosiy tarmoq xavfsizligi uchun mehmonlarga alohida kirish ruxsatini beradi.
- HD formatida uzilishlarsiz oqim — IPTV oqimlarini optimallashtirish uchun IGMP Proxy/Snooping, ko‘prik (bridge) rejimi va VLAN teglarini qo‘llab-quvvatlaydi.
- IPv6 qo‘llab-quvvatlovi — IPv6 (internet protokoli 6-versiyasi) bilan mos keladi.
- Ixcham va devorga o‘rnatish imkoniyati — ko‘p joy egallamaydi va har qanday interyerni ajoyib tarzda to‘ldiradi.
Ikki barobar tezlik uchun ikki diapazon
Ikki diapazonli Wi-Fi yangi qurilmalarni tezroq va tiniqroq bo‘lgan 5 GGs diapazoniga ulash imkonini beradi, standart 2,4 GGs diapazoni esa qolgan barcha qurilmalar uchun kengroq qoplama va barqaror ulanishni ta’minlaydi.
Keng qamrovli barqaror Wi-Fi
Archer C24 to‘rtta diagonal antennaga ega bo‘lib, ular Wi-Fi qoplama maydonini kengaytirishga hamda yuklanish vaqtidagi to‘xtalishlar va buferizatsiyani unutishga yordam beradi.




