Interfeyslar:
Antennalar:
Wi-Fi standartlari:
O‘tkazish tezligi:
Boshqaruv:
To‘plam tarkibi:
AC750 ikki diapazonli Wi-Fi router
802.11ac – Wi-Fi yangi avlodi
Archer C20 802.11n standartiga nisbatan uch baravar tezroq ishlaydigan Wi-Fi yangi avlodini qo‘llab-quvvatlaydi. Yaxshilangan ishlash va ishonchli himoya tufayli 802.11ac uy tarmog‘ini tezlashtirish va kanallarni bandlik muammosini hal qilish uchun ideal yechim hisoblanadi.
733 Mbit/s gacha tezlik ikki diapazonda
Archer C20 2,4 GHz va 5 GHz diapazonlarida ishlaydi, mukammal simsiz ulanish sifatini va sizning ehtiyojingizga qarab diapazon tanlash imkoniyatini ta’minlaydi. E-mail yoki veb-sahifalarni ko‘rish kabi oddiy vazifalar 2,4 GHz da 300 Mbit/s gacha tezlikda bajarilishi mumkin, resurs talab qiluvchi vazifalar, masalan, onlayn o‘yinlar yoki HD-video ko‘rish esa 5 GHz da 433 Mbit/s tezlikda bajariladi.
Barqaror signal va katta qamrov
3 ta tashqi antenna tufayli siz mukammal Wi-Fi sifatidan, har qanday yo‘nalishda barqaror signal va uzoq masofalarda yuqori tezlikdan foydalanishingiz mumkin. Bu uy yoki ofisingizdagi simsiz tarmoqning qamrov zonasini kengaytiradi va ishonchli ulanishni ta’minlaydi.




