Archer AX12
AX1500 Ikki diapazonli simsiz Wi-Fi 6 routeri
- Wi-Fi 6 koʻmagi — tarmoq tezligi va oʻtkazuvchanligini oshiradigan, shuningdek, unga tushadigan yuklamani kamaytiradigan eng yangi simsiz aloqa standarti.
- 1,5 Gbit/s gacha tezlik — 5 GGs chastotada 1201 Mbit/s gacha va 2,4 GGs chastotada 300 Mbit/s gacha.
- Bir vaqtning oʻzida koʻplab ulanishlar — Wi-Fi 6 texnologiyasi OFDMA va MU-MIMO yordamida kechikishlarni kamaytirgan holda, koʻproq qurilmalarga koʻproq maʼlumot uzatish imkonini beradi.
- Keng qamrov zonasi — 4 ta antenna va Beamforming texnologiyasi signalni aniq qurilmalarga yoʻnaltirib, qamrov zonasini kengaytiradi.
- Gigabitli portlar — Ethernet kabeli orqali 1 Gbit/s gacha boʻlgan tezlikdan maksimal darajada foydalaning.
- Batareya ishlash muddatini uzaytirish — Target Wake Time texnologiyasi qurilmalaringiz quvvat sarfini kamaytiradi va ularning batareya xizmat muddatini uzaytiradi.
- Oson sozlash — Tether mobil ilovasi yordamida routerni bir necha daqiqada sozlang.
- Orqaga mosuvchanlik — Archer AX12 barcha oldingi 802.11 standartlarini va barcha Wi-Fi qurilmalarini qoʻllab-quvvatlaydi.