«To‘ydan avval bunday emasding?» — Nihat Kayaning turmushdagi munosabatlar haqidagi kitobi. Muallif er-xotin orasidagi tushunmovchiliklar, ularning sabablari va muloqot orqali yechim izlash masalalarini o‘z kasbiy tajribasi asosida muhokama qiladi.
Asarda o‘z xatti-harakatlarini tahlil qilish, juftining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rish va his-tuyg‘ularni anglab suhbatlashishga e’tibor beriladi. Kitob nikohdan keyingi kutishlar va munosabatlardagi o‘zgarishlar haqida mulohaza qilishga undaydi.
Oila qurish arafasidagi va oilaviy munosabatlarini yaxshiroq tushunishni istagan kitobxonlar uchun.

