«Hayot qayig‘i» — yozuvchining tarjimayi holidan iborat emas. Balki adibning uzoq yillar davomida hayot va mamotdan olgan ma’nolari, dunyoqarashlarining tahlili va xulosalarining bayonidir. Shuningdek, hayotda uchragan voqealarning badiiy asarga ko‘chishi haqida ham so‘z boradi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu kitob mohiyatan keng o‘quvchilar ommasi sevib o‘qigan «Odamiylik mulkining» mantiqiy davomidir.

