Farmasi Dr. C. Tuna Calendula to'plami — juda quruq va muammoli terini mukammal qayta tiklash uchun professional parvarish!
To'plam tarkibidagi 110 ml Calendula krem-balzami va kalendulali natural sovun birgalikda terini chuqur tozalash, oziqlantirish hamda tezkor tiklash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Tabiiy kalendula (tog'bag'ir) ekstrakti terining himoya qatlamini tiklaydi, shilinish, qichishish va kuchli quruqlikni zudlik bilan yo'qotadi.
🌟 To'plamning asosiy afzalliklari:
Tovon yoriqlariga qarshi: Qatqaloq bo'lib qolgan, yorilgan tovon va terini tez fursatda yumshatadi hamda yoriqlarni bitiradi.
Universal ta'sir: Tovon, tirsak, qo'l, tana va shilangan sohalar uchun ideal oziqlantiruvchi balzam.
Sovg'ali to'plam: 110 ml balzam xarid qilib, uning ta'sirini 2 baravar oshiruvchi natural kalendula sovuniga ega bo'lasiz!
🚿 Qo'llash tartibi (Maksimal natija uchun):
1. Tozalash: Avvalo muammoli sohani (tovon, qo'l yoki tana) to'plam tarkibidagi Calendula sovuni bilan iliq suvda yaxshilab yving va tozalang. Sovun teridagi o'lik hujayralarni muloyim tozalab, balzamning teriga chuqur kirishiga yordam beradi.
2. Quritish: Terini sochiq bilan yumshoq qilib quritib oling.
3. Balzam surtish: Oz miqdordagi Calendula krem-balzamini tayyorlangan teriga surting va so'rilgunicha uqalovchi harakatlar bilan singdiring.
4. Maslahat: Tovon yoriqlari uchun balzamni kechqurun surtib, ustidan paxtali paypoq kiyib yotish tavsiya etiladi.

