Total TCKLI20286 to‘plami 20V quvvat bilan ishlaydi va kundalik hamda professional ishlar uchun mos keladi. Komplekt tarkibida TIDLI206681 cho‘tkasiz zarbli drell va TIWLI20451 гайковёрт mavjud.
Zarbli drell 66 Nm moment kuchiga ega bo‘lib, 0-500 va 0-2000 aylanish tezligida ishlaydi. 30000 bpm zarba tezligi beton, metall va yog‘och bilan samarali ishlash imkonini beradi. 13 mm metall patron, 22+1+1 moment sozlamalari va 2 tezlikli mexanik uzatma aniqlik va qulaylik yaratadi. LED yoritgich va spindle lock funksiyasi ishni yanada osonlashtiradi.
Gaykovert 405 Nm tortish kuchi va 555 Nm maksimal bo‘shatish momentiga ega. 3 xil tezlik rejimi murvat va gaykalarni tez va qulay yechish uchun moslangan. 1/2 dyuymli kvadrat patron avtomobil va montaj ishlari uchun juda qulay.
Komplekt tarkibi:
1 dona 20V zaryadlovchi qurilma
2 dona 2.0Ah akkumulyator
47 dona aksessuar
17, 19 va 21 mm kallaklar
Mustahkam transport keysi

