Maktab fizika kursidan nimani eslay olasiz? Uzun formulalar va zerikarli hisob-kitoblarmi? Bu fan aslida sizga aytilganidan ancha qiziqarli ekan!
"To‘siqsiz fizika"da siz ilgari so‘rashga uyalgan barcha savollarga javob topasiz:
- Nima uchun abadiy harakatlanuvchi dvigatel yaratish mumkin emas?
- Kollayder nima uchun kerak?
- Korroziya nima?
- Tuman qanday hosil bo‘ladi?
- Nima uchun hayvonlarning ko‘zlari yonadi?
Kitob sodda va tushunarli yozilgan bo‘lib, fanni o‘rganishda ajoyib yordamchi bo‘ladi, maktabda unutilgan yoki qoldirilgan narsalarni xotirada yangilashga yordam beradi.

