O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining kutubxonasida ana shu Mus’hafdan olingan fotonusxalar saqlanar edi. Yaqin yillardan buyon ushbu kutubxonani ziyorat qiluvchilar soni ko‘paydi. Ular bu yerda mazkur nusxani ko‘rishga, ba’zilari yodgorliklar muzeyiga borib, unda Mus’hafning aslini ziyorat qilishga musharraf bo‘la boshladilar va bundan juda hayratlandilar. Bu orada Mus’hafi Usmoniy xalq ichida juda mashhur bo‘lib ketdi va ommaning unga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu munosabat bilan diniy idora Mus’hafni o‘rganishni, uning qadimiy va hozirgi holatlari ustidan sirli pardani olishni lozim va vojib deb bildi. Mus’hafga qiziquvchi va tadqiqotchilarning ehtiyojlariga javob beradigan uning tarixi va haqiqati to‘g‘risida bir kitob chiqarilishini zarur deb topdi. Bu borada olib borilgan ko‘plab izlanishlardan so‘ng Islom olamini Mus’hafning mavjudligi va uning maqomi bilan tanishtirish uchun fazilatli olim, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining rais noibi

