Xususiyatlari:
- Adaptive Foam tanaga moslashtiriladi
- SPIRAL-RT trikotajli g‘ilof
- Support Spring 2000 mustaqil prujinali bloki
Adaptive Foam ko‘pigi tanangiz egriliklariga moslashadi va yuqori darajadagi qulayligi bilan ajralib turadi.
- To‘shakning asosini yotoq joyiga 2000 ta prujinali ikki qavatli Active Spring qo‘llab-quvvatlash tizimi tashkil etadi. Har bir prujina umurtqa pog‘onasining uyqudagi anatomik to‘g‘ri holati uchun bir xil nuqtali tayanchni ta’minlaydi. Prujinalar tanangiz holatining ozgina o‘zgarishiga ham javob beradi. Mini-prujinalarning yuqori qatlami tananing kichik tebranishlariga javob beradi, baland prujinalar bloki esa katta yuklamalarda ishlaydi va yuklamani matras yuzasi bo‘ylab bir tekis taqsimlaydi. Natijada kamroq ag‘darilasiz, tezroq uxlaysiz va to‘yib uxlaysiz.
- To‘shakning yuqori qismidagi maxsus yostiq - Pillow Top tizimi tufayli siz to‘liq bo‘shashishni his qilasiz, xuddi bulut ustidagi uyqudek bo‘lasiz va keyingi kun uchun quvvat olasiz.
- Perimetri bo‘ylab kuchaytirilgan yonboshlar matrasning mustahkamligini oshiradi va yotoq maydonini kengaytiradi. Kuchaytirilgan konstruksiya tufayli matras chetida o‘tirish qulayroq.
- G‘ilof matrasga qo‘shimcha nafislik va qulaylik bag‘ishlaydi. Ustki qismi tarkibida viskoza bo‘lgan qordek oppoq yumshoq trikotaj matodan tayyorlanib, hajmdor gipoallergen materialga ko‘klab qo‘yiladi. To‘shakning yon qismi yeyilishga chidamli jigarrang mebel matosidan tayyorlangan. G‘ilofning yon qismidagi vertikal chok, zar iplar bilan tikilgan kashta va kontrast kant matrasga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.